09/07/2021

2021- yilning 8- iyulida videokonferensaloqa tarzida  O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda BMTning savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiyasi (UNCTAD) va Jahon savdo tashkiloti (WTO) tomonidan “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.unikichi1090721

“Ready4Trade Central Asia” loyihasi transchegaraviy talablarning shaffofligini oshirish, tartibga soluvchi va prosessual to‘siqlarni bartaraf etish, savdo rasmiyatchilik va standartlarga rioya qilish bo'yicha biznes imkoniyatlarini mustahkamlash, shuningdek, transchegaraviy elektron savdoni takomillashtirish orqali Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida hududlararo va xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan.unikichi2090721

Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Badriddin Abidov, Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Sharlotta Adrian xonim va Jahon savdo tashkilotining mamlakat dasturlari bo'limi direktori Ashish Shohning ma'ruzalari tinglandi.unikichi3090721

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Botir Irgashev qatnashdi.unikichi4090721

Tadbirda xalqaro ekspertlar "Ready4Trade Central Asia" loyihasining amalga oshirilishi va erishilgan natijalar muhokama qilindi. Kelgusida savdo va elektron tijoratni qo'llab-quvvatlash doirasida tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech