O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yil 1–25- noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari aholini ro‘yxatga olish dasturini yaratishga mas‘ul bo‘lgan “PIXYZ” MChJ tashkiloti vakillari bilan birgalikda dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Matbuot xizmati





