Joriy yilning 5- avgust kuni Davlat Statistika qo‘mitasida hududiy boshqarmalarning Narx statistikasi bo‘limlari hamda tuman statistika bo’limlari xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Xabaringiz bor Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida O‘zbekiston bo‘yicha statistik ma'lumotlar ochiqligini ta'minlash hamda xalqaro statistika tashkilotlari bilan statistikani shakllantirish va axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizni yana bir muhim xalqaro statistik tadbir – Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD-2021) da munosib qatnashishini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
Shu bois tizim xodimlari bilimlarini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda “Xalqaro taqqoslash dasturi” tushunchasi, tarixi, vazifalari, maqsadi hamda xozirgi kunga qadar qilingan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quv seminarida Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, XTD 2021 kuzatuvlari qamrovi hamda ma'lumotlar sifatiga jiddiy e'tibor qaratish, shuningdek, bu borada xodimlarning shaxsiy mas'uliyatni yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv seminari yakunida, Narx statistikasi bo‘limi faoliyatining tashkiliy masalalari yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida fikr mulohazalar almashildi hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish lozimligi ta'kidlandi.
Matbuot xizmati


