Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 291,7 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.komirichi

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 782,1 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur'ati 151,8 foizni tashkil etgan.

 Ko‘mir ishlab chiqarish 2021- yilning:

 - yanvar oyida 287,7 ming tonna (o‘sish sur'ati 74,7 foiz);

 - yanvar-fevral oylarida 601,5 ming tonna (86,3 foiz);

 - yanvar-mart oylarida 985,0 ming tonna (93,7 foiz);

 - yanvar-aprel oylarida 1 444,5 ming tonna (118,9 foiz);

 - yanvar-may oylarida 1 854,0 ming tonna (135,7 foiz)ni tashkil etgan.

 

Matbuot xizmati