2021-yilning yanvar–iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 45,8 trln. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 98,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 40,7 % ni tashkil qildi.dehqon1

Mazkur davrda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 4 724,0 ming tonna – don ekinlari, 3 174,9 ming tonna – sabzavot, 1 543,8 ming tonna – kartoshka, 211,9 ming tonna – poliz, 938,6 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 45,5 ming tonna – uzum yetishtirildi.

Yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, respublika bo‘yicha jami yetishtirilgan don ekinlarining 12,6 %i – Surxondaryo viloyati, sabzavotlarning 17,9 %i – Andijon viloyati, kartoshkaning 18,5 %i – Samarqand viloyati, polizning 27,3 %i – Surxondaryo viloyati, mevalarning 25,2 %i – Andijon viloyati, uzumning 30,1 %i  – Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati