Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning dastlabki 6 oyida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 172 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 44 960,3 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.metalichi

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 2021- yilning:

Yanvar oyida 6 820,2 mlrd. so‘m (fizik hajm indeksi

103,9 foiz);

Yanvar-fevral oylarida 13 205,4 mlrd. so‘m (105,4 foiz);

Yanvar-mart oylarida 20 658,3 mlrd. so‘m (107,9 foiz);

Yanvar-aprel oylarida 28 817,4 mlrd. so‘m (111,2 foiz);

Yanvar-may oylarida 36 080,2 mlrd. so‘m (111,7 foiz)ni tashkil etdi.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 50,4 % (31 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 39,5 % (137 ta), hamda Toshkent shahri 7,8 % (311 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati