2021- yilning yanvar–iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,3 % ni tashkil etdi.

chorvachilikichi17082021

2021- yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 191,5 ming tonna go‘sht (2020- yilning yanvar – iyuniga nisbatan 4,4 % ga ko‘p), 5 065,5 ming tonna sut (4,5 % ga ko‘p), 3 399,6 mln. dona tuxum (0,1 % ga ko‘p) yetishtirildi.

Yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Respublika bo‘yicha jami yetishtirilgan go‘shtning 12,3 % i – Toshkent viloyati, sutning 13,0 % i  Samarqand viloyati hamda tuxumning 18,0 % i – Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati