2021- yilning yanvar–iyun oylarida 1 543,8 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qildi.
Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkichlar 1 421,0 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 92,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 7,3 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 3,4 % o‘sish kuzatildi.
Respublika bo‘yicha yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (18,5 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, Surxondaryo (13,6 %), Farg‘ona (12,4 %) hamda Andijon (11,0 %) viloyatlarida ham kartoshka ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Matbuot xizmati



