Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan Yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 828,0 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,4 % ni tashkil etdi.
Xususan, yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan:
Arralangan yoki randalangan yog‘och ishlab chiqarish jarayonining bir qismini (yoki alohida operatsiyalarini) bajarish bo‘yicha subpudratchilar xizmatlari – 1,7 martaga oshdi;
Yog‘ochdan eshiklar va ularning korobkalari va ostonalarini yasash –
5,1 martaga oshdi;
Yog‘ochdan kabel uchun barabanlar yasash – 1,2 martaga oshdi;
Shuningdek, yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Toshkent shahri (42,0 %), Farg‘ona viloyati (19,3 %), Toshkent viloyati (10,9 %) hamda Sirdaryo viloyati (9,9) hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Matbuot xizmati



