Hukumat farmoyishiga (455–F, 12.08.2021 y.) asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021- yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi. Shuningdek, 21- avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.

1hashar210821

2hashar210821

3hashar210821

4hashar210821

Shu munosabat bilan, bugun 21- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida tashkil etilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashmoqda.

5hashar210821

6hashar210821

7hashar210821

8hashar210821

9hashar210821

10hashar210821

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligidagi qo‘mita, Toshkent shahar va  Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumani hamda Bekobod shahridagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish maqsadida hamjihatlikda hashar o‘tkazilmoqda.

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

Matbuot xizmati