2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

SNSuz24082021

YaIMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YaIM (YaQQ) tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 23,0 % dan 23,1 % ga, sanoatning ulushi 28,3 % dan 28,5 % ga oshdi. Shu bilan birga, qurilish tarmog‘ining ulushi 7,4 % dan 7,1 % ga kamaydi. Xizmatlar sohasining ulushi o‘tgan yilning mos davri darajasida saqlanib qoldi va 41,3 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati