O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710- son qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi zalida tadbir tashkil etildi.

1

2

Tadbirda Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi, Termiz shahar statistika bo‘limi, shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, shahar kadastr agentligi mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

3

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari Mansur Raxmonov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig’i  Sirojiddin Ostonov hamda Termiz shahar statistika bo'lim boshlig’i Yusuf Turdiyevlar so‘zga chiqdilar.

4

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni hamda belgilangan vazifalar ijrosi haqida fikr-mulohaza almashish. Shuningdek, mahallada vakillariga yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘yicha keng tushuncha berishdir. 

5

6

Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Matbuot xizmati