Hurmatli Shavkat Abdullayevich!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi Sizni “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali bilan samimiy qutlaydi! Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligini yuksaltirish borasida ko‘p yillik samarali va namunali faoliyatingiz, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish borasida yetuk kadrlar tayyorlashda yoshlarimizni vatanparvarlikka, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissangiz shogirdlaringiz hamda yoshlarni doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga, yangilikka intilishga, fidokorona mehnat qilishga undaydi. Biz Sizdek jonkuyar ustoz, tashabbuskor olim, xalqimiz va millatimiz uchun hormay-tolmay mehnat qiladigan fidoyi inson bilan hamisha faxrlanamiz.
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kelgusi ishlaringiz va ijodingizga ulkan yutuqlar tilaymiz!
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi


