2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 85,0 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 595,8 ming boshga yetdi.

respichi

Respublikadagi jami sigirlar bosh sonining 93,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 5,6 % i fermer xo‘jaliklari, 1,1 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020- yilning mos davriga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 11,4 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,2 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 18,8 % o‘sish kuzatildi.

Sigirlar umumiy bosh sonining eng yuqori ulushi Samarqand viloyatiga (14,6 %) to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yuqori ulush Qashqadaryo (11,3 %) viloyatida qayd etildi.

Matbuot xizmati