2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida YaHM 6,0 % ga o‘sdi va 13 530,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

surxanuzb

YaHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 47,5 %), sanoatda 105,6 % (6,3 %), qurilishda 105,5 % (8,6 %), xizmatlar sohasida 108,0 % (37,6 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YaHM 5 022,1 ming so‘mni tashkil etdi va 3,9 % ga o‘sdi.

Matbuot xizmati