Andijon viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 65,4 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (21,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (43,7 %) o‘z ichiga oladi.

ohuz

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 3,2 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 0,5 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 30,9 % ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati