Davlat statistika qo‘mitasida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida seminar o'tkazildi. Mazkur tadbir Davlat statistika qo‘mitasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.giyohichi1

Seminarda qo‘mita markaziy apparatida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.

giyohichi2

Seminar davomida sog’liqni saqlash sohasi xodimi Sh.Mansurova so’zga chiqib, giyohvandlik asr vabosi ekani, unga qarshi kurashishda, avvalambor, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.giyohichi3

giyohichi4

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi.giyohichi5

giyohichi6

Tadbir davomida yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldi. Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ilmiy salohiyatini oshirish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Matbuot xizmati