Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilib, bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar o`z natijalarini bermoqda.

ziyaev1

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2021- yil II yarim yillikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan.

Joriy yilning 20- avgust kuni qo‘mita raisi o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanida fuqarolar bilan uchrashdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

ziyaev2

Sayyor yigʻilishda, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish, qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat statistika tizimi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita muloqotlar qilish orqali yuzaga kelgan takliflar va muammolarni oʻrganish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish va kelgusida oldini olish boʻyicha qilinayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashildi.

ziyaev3

Bu borada ushbu sayyor yigʻilishlarida ham kelajagimiz vorislarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, himoya qilish va kafolatlash borasida aniq manzilli ishlar amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

ziyaev4

Shuningdek, Z. Ziyayev Oʼzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʼgʼrisida”gi Qonuni to’g’risida yig`ilish qatnashchilariga batafsil ma`lumot berdi. Hujjatda rasmiy statistika Oʼzbekistondagi iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hodisalar va jarayonlarni hamda boshqa hodisalar va jarayonlarni tavsiflovchi, tarqatiladigan statistika maʼlumotlaridan iboratligi aniq belgilab qoʼyilgan ekanligini ta’kidlab o`tdi.

ziyaev5

Sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha savol-javob tariqasida ishtirokchilar bilan muloqot qilinib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha masʼul rahbar va xodimlarga tegishli toshiriqlar berildi.

ziyaev6

Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati