Joriy yilning 30- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda gender statistikasini takomillashtirish bo‘yicha onlayn o’quv seminar o‘tkazildi.
Tadbirdan asosiy maqsad, Davlat statistika qo‘mitasi mas’ul xodimlari, xususan, ayol kadrlarni, shunigdek boshqa vazirlik va idoralarning tegishli xodimlarini xalqaro indikatorlar asosida milliy indikatorlar bo‘yicha malakasini oshirish.
Tadbirda Osiyo taraqqiyot banki vakillari, Davlat statistika qo‘mitasining tegishli boshqarmalari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda vazirlik va idoralarning xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Osiyo taraqqiyot banki vakillari milliy indikatorlarni shallantirish bo’yicha xalqaro tajribalar bilan o’rtoqlashdi va sohaga tegishli ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Matbuot xizmati





