Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1189 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 53577,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 113,4 % ni tashkil etdi.

sanoatichi0609

Ma'lumot o‘rnida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 2021 yilning:

-yanvar oyida 6 820,2 mlrd. so‘m (fizik hajm indeksi 103,9 foiz);

-yanvar-fevral oylarida 13 205,4 mlrd. so‘m (105,4 foiz);

-yanvar-mart oylarida 20 658,3 mlrd. so‘m (107,9 foiz);

-yanvar-aprel oylarida 28 817,4 mlrd. so‘m (111,2 foiz);

-yanvar-may oylarida 36 080,2 mlrd. so‘m (111,7 foiz) ;

-yanvar-iyun oylarida 44 960,3 mlrd. so‘m (113,0 foiz)ni tashkil etdi.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 49,5 % (30 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 40,1 % (140 ta) hamda Toshkent shahri 8,0 % (318 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati