Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida Respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 112,1 %ni tashkil qildi.
Respublika bo‘yicha tayyorlangan pilla xom-ashyosining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Samarqand viloyatiga (13,0 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Andijon viloyatida (12,8 %), Buxoro viloyatida (10,5 %), Qashqadaryo viloyatida (9,4 %) va Farg‘ona viloyatida (9,3 %) ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Eng past ulush esa Sirdaryo viloyatida (2,7 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,3 %) kuzatildi.
Matbuot xizmati



