Respublikada 2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 442 ta Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 25 221,2 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,4 % ni tashkil etdi.

ovqat0609ichi

Ma'lumot o‘rnida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 2021 yilning:

  • yanvar oyida 2 995,9 so‘m (fizik hajm indeksi
    110,3 foiz);
  • yanvar-fevral oylarida 5 909,6 so‘m (107,9 foiz);
  • yanvar-mart oylarida 9 880,0 so‘m (107,5 foiz);
  • yanvar-aprel oylarida 13 355,7 so‘m (106,4 foiz);
  • yanvar-may oylarida 16 850,7 so‘m (105,9 foiz) ;
  • yanvar-iyun oylarida 21 885,8 so‘m (105,0 foiz)ni tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 15,7 % (3 000 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 12,9 % (2 175 ta), hamda Samarqand viloyati 11,2 % (2 072 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati