Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, joylarda hasharlar tashkil etilmoqda.
Xususan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi. Jumladan, Yorqin Hayot mahallasi yon atrofidagi yer maydonlariga tuproq yotqizilib, past-baland yerlar tekislandi.
Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlandi.
Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Matbuot xizmati






