2020- yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 2 519,6 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 1991- yilga nisbatan 3,1 martaga oshgan. Jumladan, mazkur davrlarda yuqori o‘sish sur'atlari Jizzax viloyatida (5,1 marta), Buxoro viloyatida (4,5 marta), Xorazm viloyatida (4,1 marta), Qashqadaryo viloyatida (3,5 marta) hamda Andijon viloyatida 3,3 (marta) qayd etildi.
Matbuot xizmati



