2021- yil 7- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich raisligida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar va ro’yxatga oluvchilarni ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha videokonferensaloqa tarzida yig’ilish o‘tkazildi.
Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish hududlarida olib borilayotgan ishlar bo’yicha hisobotlar tinglandi.
Qo‘mita raisi tayyorgarlik ishlarida sustkashlikga yo‘l qo‘yilayotganligi va yetarlicha ish tashkil etilmayotgani haqida tanqidiy e’tirozlar bildirib, sinov hududlarida aholini ro‘yxatga olishni sifatli va samarali o‘tkazish yuzasidan ma’sul shaxslarga tegishli ko’rsatmalar berdi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalarini xonalar bilan ta’minlash, ishga talabgor bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Matbuot xizmati


