Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 1630 tani tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 7,3 % ga ko‘paydi. Ularning hududlar bo‘yicha tarkibida eng ko‘p korxonalar soni, ya'ni 478 tasi Navoiy shahridan ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur hududdagi bu ko‘rsatkich 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 14,9 % ga ko‘paydi.
Shuningdek, Karmana tumanida 271 ta, Qiziltepa tumanida 233 ta, Navbahor tumanida 190 ta qurilish korxona va tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Matbuot xizmati



