Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar–iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 6 842,7 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan. Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 119,1 % ni tashkil.
Maʼlumot oʻrnida sement ishlab chiqarish 2021-yilning:
- yanvar oyida 559,3 ming tonna (oʻsish surʼati 107,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 1 325,4 ming tonna (118,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 2 228,4 ming tonna (114,1 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 3 582,6 ming tonna (126,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 4 679,2 ming tonna (124,2 foiz) ;
- yanvar-iyun oylarida 5807,2 ming tonna (123,0 foiz)ni tashkil etdi.
Yirik sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 42,6 %, Navoiy viloyati 32,2 %, Jizzax viloyati 13,2 % hamda Fargʻona viloyati 8,3 % hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati



