Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 ming tonna pishloq va tvorog import qilgan.
Pishloq va tvorog importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekistonga pishloq va tvorog mahsulotlarini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,1 ming tonna
Litva – 463,2 tonna
Belarus – 425,1 tonna
Germaniya – 137,1 tonna
Turkiya – 106,2 tonna
Finlyandiya – 79,0 tonna
Ukraina – 57,7 tonna
Qozogʻiston – 35,5 tonna
Fransiya – 16,3 tonna
Eron – 9,3 tonna
Niderlandiya – 7,8 tonna
Italiya – 7,4 tonna
Matbuot xizmati



