Respublikada 2021- yilning yanvar–iyul oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 375 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 26,0 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 124,6 % ni tashkil etdi.
Xususan, yirik korxonalar maʼlumotlari boʻyicha:
- Kalava ip ishlab chiqarish – 36,9 foizga oshgan;
- Gilam va boshqa toʻqimachilik pol qoplamalari – 54,3 foizga oshgan;
- Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 23,5 foizga oshgan.
Shuningdek, toʻqimachilik korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Fargʻona viloyati 14,6 % (824 ta faoliyat yuritayotgan toʻqimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,2 % (450 ta), Qashqadaryo viloyati 9,2 % (240 ta) hamda Samarqand viloyati 9,1 % (471 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati


