Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

inveichi1409

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Xorazm viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning 3,8 % ini tashkil etdi.

Shuningdek,  Sirdaryo viloyatida 2,4 %, Jizzax viloyatida 2,3 % va Samarqand viloyatida 1,3 % investitsiyalar Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.

 

Matbuot xizmati