Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.

inves1409ichi

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulushlar Xorazm viloyatida qayd etildi – hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 20,7 % ini tashkil etdi.

Shuningdek, Andijon viloyatida 20,6 %,  Namangan  viloyatida 15,3 %, Farg‘ona  hamda Buxoro viloyatlarida 13,2 % investitsiyalar aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.

Matbuot xizmati