Joriy yilning 14- sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan MDH XTD 2021- dasturi doirasida iste’mol tovarlari va xizmatlar, narxlarni o‘rganishga bag֥‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov hamda boshqa xodimlar qatnashdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – MDH XTD 2021dasturi doirasida I chorak uchun kuzatilgan iste'mol tovarlari va xizmatlar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savollar va takliflarni ko‘rib chiqish.
Uchrashuvni MDH statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Kosarev ochib berdi. Yig‘ilish davomida MDH XTD doirasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek statistikani rivojlantirish uchun Xalqaro taqqoslash dasturining dolzarbligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilishda I chorak kuzatuvida “Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki” hamda “Boshqa tovarlar” guruhlarining MDH XTD 2021 tavsiyanomasi asosida kuzatilgan narx ma`lumotlari yuzasidan MDH statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan savol javob va takliflar muhokama qilindi.
Matbuot xizmati




