2021- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 527 853 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 118,0 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,2 foizini (465 361 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 106 101 ta
Toshkent viloyati – 50 532 ta
Farg‘ona viloyati – 46 384 ta
Samarqand viloyati – 45 344 ta
Andijon viloyati – 40 774 ta
Qashqadaryo viloyati – 36 400 ta
Namangan viloyati – 34 176 ta
Buxoro viloyati – 30 429 ta
Surxondaryo viloyati – 27 866 ta
Xorazm viloyati – 24 389 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 23 956 ta
Jizzax viloyati – 23 188 ta
Navoiy viloyati – 21 907 ta
Sirdaryo viloyati – 16 407 ta
Matbuot xizmati


