So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi doirasida milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan BMTning “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021”da munosib qatnashishini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 14–17- sentabr kunlari MDH statistika qo‘mitasi tomonidan “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida iste’mol tovarlari va xizmatlar, narxlarni o‘rganishga bag֥’ishlangan onlayn tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Umarov, Xalqaro taqqoslash dasturi bo‘yicha narx kuzatuvlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Bunyodbek Nishonboyev, Toshkent shahar statistika boshqarmasi narx bo‘limi boshlig‘i Madina Pashshayeva va boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida I chorak uchun kuzatilgan barcha guruhlar bo‘yicha iste'mol tovarlari va xizmatlar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savol va takliflarga aniqlik kiritish hamda ushbu dastur doirasida olib borilayotgan ishlarga yana bir bor to`xtalib o‘tish.
Yig‘ilish yakunida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan kuzatuvlarni munosib tashkil etish hamda “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” doirasida iste’mol tovar va xizmatlar guruhlarini kuzatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.
Matbuot xizmati


