Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

yengihayot2009ichi1

yengihayot2009ichi2

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, qoʻmita xodimlari ishdan tashqari boʻsh vaqtlaridahasharlar tashkil etmoqda.

yengihayot2009ichi3

yengihayot2009ichi4

Xususan, mahallalardagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

yengihayot2009ichi5

yengihayot2009ichi6

Yorqin Hayot mahallasi yon atrofidagi yer maydonlariga tuproq yotqizilib, past-baland yerlar tekislandi.

yengihayot2009ichi7

yengihayot2009ichi8

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yoʻlaklar, aholi xonadonlari аtrofidagi kirish-chiqish joylari ham tartibga keltirilib, tozalandi.

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

 Matbuot xizmati