2021- yil 22- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan xalqaro standartlar asosida xizmatlar statistikasini yuritish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.
Vebinarda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda real sektor statistikasi salohiyatni oshirish bo‘yicha mintaqaviy markazi eksperti Levan Gogoberishvili, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i A. Mamirov, Xizmatlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i A. Mirzaxidov, shuningdek, markaziy apparat xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda xizmatlar sohasi statistikasini xalqaro tajribalarga asosan hisoblash bo‘yicha Gruziya tajribasi o‘rganildi.
Tadbir davomida xizmatlar sohasiga oid statistik hisobot shakllarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar olindi.
Matbuot xizmati


