Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar va ro’yxatga oluvchilarni ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha videokonferensaloqa tarzida yig’ilish o‘tkazildi.

aholi270921ichi1

aholi270921ichi2

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

aholi270921ichi3

aholi270921ichi4

Mazkur tadbirda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish hududlarida olib borilayotgan ishlar bo’yicha hisobotlar tinglandi.

aholi270921ichi5

aholi270921ichi6

Raisi o‘rinbosari A. Ikramov tayyorgarlik ishlarida sustkashlikga yo‘l qo‘yilayotganligi va yetarlicha ish tashkil etilmayotgani haqida tanqidiy e’tirozlar bildirib, sinov hududlarida aholini ro‘yxatga olishni sifatli va samarali o‘tkazish yuzasidan ma’sul shaxslarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

aholi270921ichi7

aholi270921ichi8

Shuningdek, ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalarini xonalar bilan ta’minlash, ishga talabgor bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini shakllantirish va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati