2021- yilning 27 - sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida milliy hisoblar statistikasi bo'yicha texnik yordam missiyasi onlayn rejimda ish boshladi.
Ushbu missiya (CCAMTAC) Kavkaz, O‘rta Osiyo va Mo‘g‘iliston uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi real sektor statistikasi bo‘yicha maslahatchisi – Levan Gogoberishvili tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur missiya ishida Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi xodimlari, investitsiyalar va qurilish statistikasi, sanoat statistikasi, qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi hamda Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparatining xizmatlar sohasi statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Yuqorida keltirilgan missiyaning ishi davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: alohida chorak bo'yicha milliy hisoblar statistikasi ko'rsatkichlarini shakllantirishning hozirgi holati; diskret davrlar bo'yicha sanoat ishlab chiqarish hajmi va indeksini shakllantirish va benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati; diskret davrlar bo'yicha qurilish ishlari hajmi va indeksini shakllantirish va ularni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati; alohida davrlar bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va indeksini shakllantirish va uni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati, shuningdek, alohida davrlar bo'yicha bozor xizmatlari hajmi va indeksini shakllantirish va ularni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati.
Missiyaning asosiy maqsadi – diskret choraklik milliy hisoblar ko’rsatkichlari, yillik resurslar va ishlab chiqarish jadvallarini takomillashtirish hamda boshqa choraklik iqtisodiy statistika bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.
Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Davlat statistika qo'mitasi mas'ul xodimlari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini o'tkazdilar.
Missiya ishi 30- sentabrgacha davom etadi.
Matbuot xizmati


