2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 3 185,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,1 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YaHM (YaQQ) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 15,5 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 0,1 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 2,5 foiz punktga oshdi.
Matbuot xizmati


