Joriy yilning 8- oktabr kuni Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish jarayonida milliy kadrlar tayyorlash va xorijiy tajribani o'rganish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan O'zbekistonning JST ga a'zo bo'lish jarayoniga ko'maklashish maqsadida "JSTga a'zo bo'lish shartlari va natijalari: Qirg'iziston Respublikasi, Ukraina, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston" mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

vto08101

Ushbu tadbir Jahon savdo tashkilotining Xalqaro savdo va qishloq xo'jaligi bo'yicha mutaxassisi Sergey Kiselev tomonidan o'tkazildi.

Davlat statistika qo'mitasidan onlayn seminarda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig'i Botir Irgashev ishtirok etdi.

vto08102

Tadbir davomida ishtirokchilarga Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo'shilish jarayoni, shuningdek JSTga a'zo bo'lish shartlari va oqibatlari bo'yicha xorijiy davlatlarning tajribasi taqdim etildi.

vto08103

 

Matbuot xizmati