2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 16 640,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YaHM (YaQQ) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 48,6 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 0,8 foiz punktga oshdi, 2017- yilning mos davriga nisbatan 16,8 foiz punktga oshdi.

sns0810uz

 

Matbuot xizmati