Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 475 349 ta boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 472 273 tani (99,4 foiz) tashkil etgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 96 647 ta
Toshkent viloyati – 45 153 ta
Fargʻona viloyati – 41 073 ta
Samarqand viloyati – 40 607 ta
Andijon viloyati – 36 325 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 903 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 156 928 ta
sanoatda – 93 054 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 47 094 ta
qurilishda – 44 845 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 33 635 ta
Matbuot xizmati


