Joriy yilning 19- oktabr kuni Yoshlar ijodiyoti saroyida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

rais19101

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat statistika qo‘mitasijurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari spiker sifatida ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda xorijiy ekspertlar, faol yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishdi.

rais19102

Tadbirdan ko’zlangan maqsad – Davlat organlari faoliyatini oshkoralik prinsiplariga asosan yuritish, tashkilotlar va aholi o‘rtasida uzviy muloqotni yaxshilash hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yanada takomillashtirishdan iborat.

Davra suhbatida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich statistika tizimida ochiqlik va shaffoflik borasidagi ishlar hamda “Ochiq ma’lumotlar portali” faoliyatiga alohida to’xtalib o’tdi.

rais19103

Xususan, so’nggi yillarda sohaga doir qabul qilingan qonun va qarorlar, ular ijrosi doirasida amalga oshirilgan o’zgarishlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar borasida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek,  O’zbekiston Respublikasining 2020- yil davomida xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida Ochiq maʼlumotlar sohasida bir qator reyting va indekslarda yuqori natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

rais19104

Jumladan:

–  ochiq maʼlumotlar reytingida (Open Data Inventory - ODIN) Oʻzbekiston Respublikasi 63 ballni toʻpladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 1-oʻrinni egalladi;

– Londondagi Ochiq maʼlumotlar Institutining baholash tizimi boʻyicha Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori –"Platina" darajaga erishgan.

– “Open data Inception” tashkilotining maʼlumotiga koʻra, jahon mamlakatlari orasida Oʻzbekiston 99 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan ochiq maʼlumotlar manbalari soni boʻyicha jahonda 5-oʻrinni egalladi.

Davra suhbati yakunida spikerlar jurnalist va blogerlar, faol yoshlarining oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

rais19105

 

Matbuot xizmati