Joriy yilning 15- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha texnik ko‘mak missiyasi rahbari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha texnik ko‘mak missiyasi 27- sentabrdan 8- oktabrgacha Janob Levan Gogoberishvili rahbarligida XVJning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mongoliya uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazining (CCAMTAC) Real sektor statistikasi bo'yicha maslahatchisi rahbarligida o'tkazildi.

Yuqorida keltirilgan missiyaning ishi davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi: alohida chorak bo'yicha milliy hisoblar statistikasi ko'rsatkichlarini shakllantirishning hozirgi holati; diskret davrlar bo'yicha sanoat ishlab chiqarish hajmi va indeksini shakllantirish va benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati; diskret davrlar bo'yicha qurilish ishlari hajmi va indeksini shakllantirish va ularni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati; alohida davrlar bo'yicha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va indeksini shakllantirish va uni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati, shuningdek, alohida davrlar bo'yicha bozor xizmatlari hajmi va indeksini shakllantirish va ularni benchmarking asosida hisoblashning hozirgi holati.

Mazkur missiya ishining yakuniy uchrashuvida Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Agzam Ikramov boshchiligidagi qo‘mita Markaziy apparati boshqarma boshliqlari va xodimlari ishtirok etdi.

Tomonlar mazkur missiya doirasida qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, XVJ ekspertlarining choraklik milliy hisoblar bo'yicha alohida baholarni ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalari va milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari hamda kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.

Muzokaralar yakunida Milliy hisoblar statistikasi bo'yicha bo'lajak missiyalar doirasida ekspertlar bilan natijalarni muhokama qilishni davom ettirish va XVJning maxsus ma'lumotlar tarqatish standartiga (SDDS) o'tish doirasida Davlat statistika qo'mitasi veb-saytida alohida statistik ma'lumotlarni chop etishni boshlash bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Matbuot xizmati


