22/10/2021

2021- yil 22- oktabr kuni Davlat statistika qomitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan Qomita markaziy apparati rahbar xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

sns22101

 

Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasidan mutaxassislar taklif etildi.

Tadbirni, Davlat statistika qoʻmitasi raisi o‘rinbosari A. Ikramov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

sns22102

Seminarda Davlat statistika qomitasi tomonidan yashirin iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, 2020- yil avgust - sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida, 2021- yil may-avgust oylarida Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarni qamrab olgan holda o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar yuzasidan mehmonlar va ishtirokchilarga to‘liq ma’lumot berildi.

sns22103

Shuningdek, uchrashuv davomida uy xoʻjaliklarida norasmiy iqtisodiyotni tahlil qilish, hududlarda soliq salohiyatini baholash masalalari hamda tegishli vazirliklar va qo‘mitalar faoliyati doirasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblarni olishdi va kelgusida tegishli masalalar boʻyicha idoralararo hamkorlik toʻgʻrisida kelishib olindi.

sns22104

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech