25/10/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

aholi_25_10_21_ichi1

Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchi shaxslarni o‘qitish va ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorlash ishlari boshlandi.

aholi_25_10_21_ichi2

Xususan, joriy yilning 4- oktabridan boshlab, sinov hududlarida shartnoma asosida ishga jalb qilinadigan shaxslar (ro‘yxatga olish uchastka boshlig‘i va uning o‘rinbosari, instruktor, statsionar ro‘yxatga oluvchi va ro‘yxatga oluvchi)larni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminarlar boshlandi.

aholi_25_10_21_ichi3

Mazkur seminarlarni Davlat statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari olib bormoqda.

aholi_25_10_21_ichi4

Shuningdek, seminarlarda ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, to‘ldirilgan blankalarning saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.

aholi_25_10_21_ichi5

Seminarlar oktabr oyi davomida reja grafik asosida o‘tkaziladi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech