Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil yanvar-sentabr holatiga asosan, uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida 16 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklar 76,3 % ni tashkil etdi, shundan 22,2 % bir bolali, 25,9 % ikki bolali, 19,5 % uch bolali hamda 8,7 % uy xo‘jaliklarda to‘rt va undan ko‘p bolalilarni tashkil etgan. 23,7 % uy xo‘jaliklarda esa 16 yoshgacha bolalar mavjud emas.

Matbuot xizmati


