28/10/2021

 2021- yilning yanvar - sentabr oylarida 6 346,5 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, shundan 5 691,8 ming tonna yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 89,7 % ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi.

bug_28_10_21_ichi

Boshoqli don ekinlari yetishtirishning eng katta hajmi 4 865,8 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 85,5 %i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.

Boshoqli don ekinlari ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (12,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, Farg‘ona (11,1 %), Surxondaryo (10,2 %) va Samarqand (9,6 %) viloyatlarida ham boshoqli don ekinlari ishlab chiqarishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech