Joriy yilning 27- oktabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Fransiya taraqqiyot agentligi makroiqtisodiy guruhi rahbari – Antoine Goden boshchiligida O'zbekistonda kam uglerodli iqtisodiyotga o'tish uchun makroiqtisodiy modellashtirish sohasida ko'rsatiladigan qo'llab-quvvatlash vazifalarini belgilash bo'yicha missiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Sanoat statistikasi boshqarmasi, Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi, Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi, shuningdek, Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida milliy hisoblar, xarajatlar jadvallari, to'lov balansi, xalqaro investitsiya pozitsiyasi, mablag'lar va balans harakati (institutsional va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun) bo'yicha mavjud ma'lumotlarni aniqlash, shuningdek, moliya sektori ma'lumotlariga taalluqli masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Matbuot xizmati


