2021- yilning yanvar - sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 888,3 ming tonna – go‘sht (tirik vaznda), 8 129,4 ming tonna – sut, 5 549,9 mln. dona – tuxum, 22,8 ming tonna – pilla xom-ashyosi ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Respublika bo‘yicha jami ishlab chiqarilgan
– go‘shtning 11,8 % i – Qashqadaryo viloyati (223,7 ming tonna),
– sutning 12,4 % i Samarqand viloyati (1 008,9 ming tonna),
– tuxumning 18,3 % i – Samarqand viloyati (1 014,3 mln. dona),
– pilla xom-ashyosining 13,0 % i – Samarqand viloyati (3,0 ming tonna) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati


